Rasulov Orif Hakimovich

Rasulov Orif Hakimovich (1908.12.11, Qo’qon — 1975.14.2, Toshkent) — huquqshunos olim. O’zbekistonda xizmat kursatgan fan arbobi (1969), professor (1970). Toshkent yuridik institutida katta o’qituvchi (1933-37), O’zbekiston prokurorining yordamchisi, keyinchalik o’rinbosari (1937— 42). 2-jahon urushi yillari armiyada siyosiy ishlarda, so’ng harbiy prokuror (1942-45). Toshkent yuridik institutida, ToshDU ning yuridik fakultetida dotsent, kafedra mudiri (1948— 73). Rasulovning ilmiy ishlari huquq tarixi va jinoyat huquqiga bag’ishlangan.