Raul (RaoulO Fransua Mari
Raul (RaoulO Fransua Mari (1839, Furnanven, Nor — 1901.1.4, Grenobl) — frantsuz kimyogari va fizigi; Parij Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1890), Grenobl universiteti professor (1870 yildan). Asosiy ilmiy tadqiqotlari eritmalar kimyosiga oid. Eritma ustidagi to’yingan bug’ bosimining sof erituvchining bug’ bosimiga va erituvchida erigan modda kontsentrasiyasiga bog’liqligini kashf qilgan (1882-88). Bu qonun moddalarning molekulyar moddani aniqlashda qo’llanadi.