Ravondiy

Ravondiy, Abu Bakr Najmiddin Muhammad (?, Isfahon — 1206 yildan so’ng vafot etgan) — fors tarixchisi. 1174-84 yillarda Hamadonda fiqh va xattotlikdan ta’lim olgan. 1181-89-yillarda Saljuqiylar sultoni To’g’rul II (1175-94) saroyida xattot, 1190 yildan Hamadon amiri Faxriddin Alaviy o’g’illarining tarbiyachisi. 1206 yil Ko’nya shahriga ko’chib o’tgan va ko’p o’tmay vafot etgan. Ravondiy Ko’nya sultoni G’iyosiddin Kayxusravga bag’ishlab «rohat ussudur va oyat ussurur» («ko’ngillar rohati va Sevinch alomati») asarida, asosan, Saljuqiylar davlatining 11-asr boshidan 1199 yilgacha bo’lgan tarixi bayon qilingan. Asar oxiriga esa xattotlikka oid qo’llanma, ov va shaxmat o’yiniga doir boblar ham kiritilgan. Ravondiyning bu asari — Saljuqiylar davlatining 1160-99 yillardagi tarixi buyicha asosiy manbadir. 15-asrda asar turk tiliga tarjima qilingan. 1921 yil Londonda nashr qilingan.