RAYIMOV XUDOYNAZAR

RAYIMOV XUDOYNAZAR (1947.3.9, Beshariq tumani) — O’zbekiston Respubsikasi xalq o’qituvchisi (2002). Qo’qon pedagogika institutini tugatgan (1969). 1969 yildan Beshariq tumanidagi 4-maktabda, 1970-2002 yillarda 13-maktabda ona tili va adabiyoti o’qituvchisi. Bolalarga bilim berishda noan’anaviy dars usullaridan foydalangan.