Rayonlashtirish
Rayonlashtirish — geografiya tizimidagi fanlarda qo’llaniladigan ilmiy tadqiq qilish metodi. Rayonlashtirish geografik qobiq yoki uning ayrim qismlarining hududiy tabaqalanishini, tabiat va jamiyat o’rtasidagi ta’sirning tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarini aniqlab beradi. Rayonlashtirishning iqtisodiy, iqtisodiy-geografik, tabiiy geografik hamda xususiy tabiiy geografik (Geomorfologik, iqlimiy, gidrologik, Geobotanik, zoogeografik va boshqalar) kabi turlari mavjud. Rayonlashtirish masshtabiga ko’ra, mayda, o’rta va yirik masshtabli, qo’yilgan vazifaga bog’liq ravishda umumilmiy yoki amaliy bo’lishi mumkin.