Reaktsiya

Reaktsiya (re… va lotincha actio — harakat) -1) (psixologiyada) — inson va uning tana a’zolari tomonidan muayyan tashqi va ichki qo’zg’atuvchilarga nisbatan qaytariladigan javob harakati. Reaktsiya taassurot, qo’zg’atgich, qandaydir ta’sir etishning javobi sifatida paydo bo’luvchi hissiy holat, jarayon yoki harakatdir. Har qanday Reaktsiya o’z kechishining shakli, tezligi kabi xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Oddiy psixik Reaktsiya vaqti 100 dan 250 millisekundgacha bo’lishi mumkin. Reaktsiya tavsiflarining o’zgarishi psixometriya sohasini vujudga keltirdi. Psixologiya va unga yondosh fanlarda tasniflash aso- sida yotuvchi alomatlarga bog’liq tarzda Reaktsiya xulqiy, fiziologik, hissiy, ixtiyoriy, ixtiyorsiz kabi turlarga ajratiladi; 2) kimyoviy, fizik yoki biologik ta’sir yo’li bilan tekshirishlar o’tkazish; 3) umri tugagan ijtimoiy tartiblarni saqdab qolish va mustahkamlash maqsadida ijtimoiy taraqqiyotga zo’r berib qarshilik ko’rsatish.