REAL DAROMAD

REAL DAROMAD – nominal (pul) daromadi miqdoriga sotib olish mumkin bo’Igan tovar va xizmatlar miqdori. Agarda nominal daromad narxlarga nisbatan tez suratlarda o’ssa, unda real daromad o’sib boradi va aksincha. Real daromadning o’zgarishini quyidagicha ifodalash mumkin: real daromadning o’zgarishi nominal daromadning va narx darajasining o’zgarishiga bog’liq. Agarda nominal daromad bir yilda 10% oshsa, baholar darajasi 8% ko’tarilgan bo’lsa, unda real daromad 2% o’zgargan (oshgan) bo’ladi.