Refraktor
Refraktor — ob’yektivi linzali bo’lgan teleskop. Osmon yoritqichlaridan kelayotgan nurlar Refraktor ob’yektividan sinib o’tib, uning fokus masofasida tasvir hosil qiladi. Birinchi marta G. Galiley 1609 yilda astronomiyada qo’llagan. Refraktorning vizual va fotografik xillari bor. Vizual Refraktor ob’yektiv va okulyardan tuzilgan. Fotografik Refraktor (astrograf ham deyiladi) katta fotoapparatdan iborat bo’lib, uning fokal tekisligiga fotoplastinkali kasseta o’rnatiladi. Refraktorning ob’yektivida kamida 2 ta linza — biri (musbat) yengil va optik zichligi kam shisha — krondan, ikkinchisi (manfiy) og’ir shisha (Flint)dan yasalgan linza bo’ladi. Bunda bir yo’la Refraktorda bo’ladigan xromatik va sferik aberrasiyalar kamaytiriladi. Ob’yektivi ikki linzali Refraktorda komani ham to’g’rilash mumkin, lekin astigmatizm va maydon egriligini tuzatish mumkin emas, chunki uning ko’rish maydoni burchagi (gradus)dan ortmaydi, bunda D — ob’yektiv diametri (mm da). Qoldiq sferik aberrasiyaning to’lqin uzunligiga bog’liqligi tufayli yulduz tasviri atrofida radiusi tax. 40″ bo’lgan binafsha gardish hosil bo’ladi (odatda, foydalaniladigan Refraktorda teshik nisbati 1:15 bo’lganda). Xromatik Aberrasiyaning kattalashishini kamaytirish uchun Refraktor ob’yektiv linzalari bir-biriga yopishtiriladi. Refraktorda sifatli tasvir hosil qilish uchun maxsus shishalar ishlatiladi va linzalar soni ko’paytiriladi. Kichik Refraktorlarda ob’yektivlarga linzalar yopishtirilib, oq dog’ (qo’shimcha tasvir) va yorug’lik kamayishi qisqartiriladi. Dunyoda eng katta R. Yerks astronomik rasadxonasida (AQSh, £)=1,02 m) o’rnatilgan. Refraktor vizual, fotografik, kamdan-kam spektral yoki fotoelektrik kuzatishlarda ishlatiladi.