Regress da’vo
Regress da’vo (qarshi da’vo) (Fuqarolik huquqi va prosessida) — qarzdor yoki biron boshqa shaxs uchun majburiyatni bajargan fuqaro yoki tashkilotning to’langan pul summasini qoplash to’g’risidagi talabi. Masalan, qonunga ko’ra, yetkazilgan zarar uchun javobgar tashkilot yoki fuqaro, ijtimoiy sug’urta organining Regress da’vosiga binoan to’langan pensiya yoki nafaqa summasini qoplashga majbur.