REIMONT (KEUTOGI) VLADISLAV STANISLAV

REIMONT (KEUTOGI) VLADISLAV STANISLAV (1867.7.5, Kobele-Velke — 1925.5.12, Varshava) — polyak yozuvchisi. Dastlabki romani — «lo’ttiboz ayol» (1896) avtobiografik motivlarda yozilgan. «Jannatmonand yer» (1-2 jild. 1899) romanida naturalistik va simvolistik usullardan voz kechib, realistik usulni qo’llagan. «Mujiklar» (1-4 jild, 1904— 09) milliy epos romani muallifi. Ruhi va koloriti bilan sof polyakcha bo’lgan bu asar bir oz mavhum, kom-pozisiyasi va tilida nuqsonlar bo’li-shiga qaramay, yozuvchiga xalqaro miqyosda obro’keltirgan. «Uchrashuv» (1897), «tong oldida» (1902), «Odillik bilan» (1899), «g’alayon» (1897) kabi asarlarida qishloq hayoti asl holicha yorqin tasvirlangan. «1794 yil» (1913-18) tarixiy trilogiyasida Polshadagi ichki siyosiy ahvol aks etgan. Nobel mukofoti laureati (1924).