Rejissyor

Rejissyor (lotincha — boshqaraman) — spektakl; film, tele va radio ko’rsatuv va eshittirishlarini, estrada va tsirk dasturlarini sahnalashtiruvchi shaxs. O’z ijodiy o’ylari, maqsadi asosida tomoshaning barcha ishtirokchilari — aktyor, rassom, kompozitor, kinoda operator ishini birlashtirib, yangi tomoshaviy voqelik yaratadi.