Rekvizitsiya

Rekvizitsiya (lotincha reguisitio — talab qilib olish, olib qo’yish) — mulkni haq to’lab majburiy ravishda davlat egaligiga to’la yoki vaqtincha foydalanish uchun olish. O’zbekiston Respublikasi FKga ko’ra, tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar yuz bergan taqdirda va favqulodda tusdagi boshqa vaziyatlarda mol-mulk jamiyat manfaatlarini ko’zlab, davlat hokimiyati organi qaroriga muvofiq mulkdordan unga mol-mulkning qiymatini to’lagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlar asosida olib qo’yilishi mumkin (FK., 203-modda). Rekvizitsiya o’tkazilishiga sabab bo’lgan vaziyatlarning amal qilishi to’xtaganidan keyin Rekvizitsiya qilingan mol-mulkning sobiq egasi saqlanib qolgan mol-mulkni o’ziga qaytarib berishni talab qilishga haqli. Qonunda chet el investorlari mulkiga nisbatan Rekvizitsiya qo’llash shartlari va tartibi ham aniq belgilangan.