Reniy
Reniy (lotincha Rhenium), Re — Mendeleyev davriy sistemasining VII guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 75; atom molekulasi 186, 207. Reniy tabiatda ikki izotop holida uchraydi; biri — barqaror izotop 185Re (37,07%) va ikkinchisi — kuchsiz radiaktiv izotop l87Re(62,93%, Tu^Yu11 y.)dir. Reniy elementini V. va I. Noddaklar 1925 yilda kolumbit mineralidan topdilar. Reniy nomi Germaniyadagi Reyn daryosining lotincha nomi (Rhenus^aH olingan. Reniy Yer po’stining massa jihatidan 710~8% ini tashkil etadi. U tarqoq element, ko’pincha molibden, volfram, tantal, platina, mis rudalarida, ayniqsa, molibdenit mineralida ko’p. Reniy och kulrang og’ir metall, suyuqlanish temperaturasi 3180°, qaynash temperaturasi 5900°, zichligi 21,03 g/sm3. Reniy oddiy trada havoda o’zgarmaydi, suyultirilgan kislotalar bilan reaktsiyaga kirishmaydi. Havoda yuqori trada qizdirilsa, uning bir necha oksidlari (ReO3, Re2O7) hosil bo’ladi. Reniyning o’z birikmalaridagi valentligi -1 dan +7 gacha. Reniyning valentligi 4, ayniqsa, 7 bo’lganida barqaror birikmalar hosil bo’ladi. Reniy qizdirilganida oltingugurt va galogenlar bilan birikadi, vodorod bilan birikmaydi, u vodorodni yutishi mumkin. Kontsentrlangan HCI, HF va H2SO4 da eriydi. Reniyning ftoridlari (ReF7, ReF6, ReF5,) Reniyga ftor ta’sir ettirib olinadi. Reniyning xloridi ReCI5, metall Reniyga xlor ta’sir ettirib hosil qilinadi. Reniyning 3 ta oksidi ma’lum: ReO2— qora tusli, ReO3 — qizil va ko’k tusli, Re2O7 — sariq tusli kristall modda. Reniy (VI) oksid ReO3 va reniy (Up)oksid ReO7 — kislotali oksidlar jumlasiga kiradi. ReO3 ga muvofiq keladigan kislota H2ReO4 olingan emas; lekin uning beqaror tuzlari ma’lum. Re2O7 ga muvofiq keladigan perrenat kislota HReO4 faqat suvdagi eritma holida mavjud. Bu eritma rangeiz, Perrenat kislotaning barqaror tuzlari (Masalan, KReO4NH4ReO4) ma’lum. Reniyning past valentli (+1, +2) birikmalari nihoyatda beqaror bo’lib, faqat kuchli qaytaruvchilar ishtirokida hosil bo’ladi. Reniyning ReS2 va Re2S7 tarkibli sulfidlari olingan. Reniy komplekslar hosil qilishga nihoyatda moyildir. U har qanday valentli holatda ham komplekslar hosil qila oladi. Masalan, ReCl5 ni kontsentrlangan NS1 ga solinsa, H2[ReCl6] tarkibli kompleks hosil bo’ladi. Reniy ammoniy (yoki kaliy) perrenatni yoxud Reniy oksidlarini vodorod oqimida qaytarish yo’li bilan olinadi. Undan tashqari, Reniy galogenidlarini yuqori tradavolfram Simda parchalab ham sof Reniy olish mumkin. Reniy elektrotexnika, kimyo texnologiyasi, vakuum texnikasi va boshqa sohalarda keng qo’llanadi. Tarkibida Reniy bo’lgan katalizatorlar ammiak va metanni oksidlash, etilenni gidrogenlash kabi reaktsiyalarni tezlashtiradi. Reniy turli aniq asboblar yasashda, metallarning sirtini qoplashda ishlatiladi.