Rentgen

Rentgen — rentgen va gammanurlanishlar ekspozitsiya dozasining birliklar tizimiga kirmagan birligi; ular havoni ionlash ta’sirini ifodalaydi. V. K. Rentgen sharafiga qo’yilgan. R bilan belgilanadi. 1 R rentgen va gammanurlanishda ishtirok etuvchi elektronlar 0,001293 g havoda bir xil ishorali barcha ionlarning yigindi zaryadi 4’yu kl ga teng bo’lgan ionlarni hosil qiladigan doza. 1 R 1 sm3 havoda 2,083109 juft ion yoki 1 g havoda 1,61 10’2 juft ion borligini anglatadi. Rentgen Xalqaro birliklar tizimidatk ekspozisiya dozasi (kl/kg) bilan quyidagicha bog’langan: 1 R=2,57976104 Kl/kg. Dozimetriyada Rentgenning fizik ekvivalenti RFE va biologik ekvivalenti RBE degan doza birliklar i mavjud. RFE turli ionlovchi nurlanishni ifodalaydi; unda 1 g moddada yutilgan energiya miqdori 1 R dozali rentgen yoki gammanurlanish 1 g havoni ionlash uchun sarf qilgan energiyasi miqdoriga teng. 1 RFE = 85 erg/g. RBE turli ionlovchi nurlanishning biologik to’qimada yutilgan shunday miqdoriki, uning biologik ta’siri 1 R dozali rentgen yoki gammanurlanishning ta’siriga ekvivalent. Rentgen texnika, tibbiyot va boshqa sohalarda keng qo’llanadi.