Rentgen nurlari
Rentgen nurlari — zaryadlangan zarralar yoki fotonlarning muhitni tashkil etuvchi atomlari bilan o’zaro ta’sirlashishlari natijasida vujudga keluvchi elektromagnit nurlanish. Ularning to’lqin uzunliklari yu»14 metrdan 10 ~7 metrgacha bo’lgan qiymatlarga teng bo’lishi mumkin. Rentgen nurlarini 1895 yilda V. K. Rentgen kashf qilgan. Rentgen bu nurlarni Xnurlar deb atagan (hozirgi vaqtgacha ham ayrim mamlakatlarda Xnurlar deyiladi). Ular katta tezlikdagi elektronlarning moddada tormozlanishi natijasida paydo bo’ladi. Rentgen nurlari amalda roentgen trubkasi yordamida hosil qilinadi. Rentgen nurlari kashf qilingach, ularning tabiatini uzoq vaqtgacha aniqlash qiyin bo’lgan. Chunki Rentgen nurlari elektr yoki magnit maydoni ta’sirida o’z yo’nalishini o’zgartirmaydi, to’lqin uzunligi qisqaligidan to’lqin xususiyatini (masalan, difraktsiyasini) o’rganish, isbotlash qiyin bo’lgan. 1912 yilda nemis fizigi M. Laue va uning shogirdlari kristalldan Rentgen nurlari o’tganida rentgen nurlari difraktsiyasi sodir bo’lishini kashf qildilar. Elektron anod moddasiga kelib urilganda, o’z energiyasining ma’lum qismini Rentgen nurlarini hosil bo’lishiga sarflaydi. Potentsiallar ayirmasi U bo’lgan elektr maydonidan o’tgan elektronning kinetic energiyasi eU = ^Ts— bo’ladi, bunda e — elektron zaryadi, V — uning erishgan tezligi. Agar urilish jarayonida elektron qattiq tormozlanib o’z tezligini nolgacha kamaytirsa, uning tuda kinetik energiyasi Rentgen nurlarining energiyasiga aylanadi, ya’ni = hv yoki max hc/eU; bunda X—Rentgen nurlarining to’lqin uzunligi, v — nurlanayotgan elektromagnit to’lqin chastotasi, h— Plank doimiysi, s — yorug’lik tezligi. Demak, potentsiallar ayirmasi qancha katta bo’lsa, Rentgen nurlarining to’lqin uzunligi shuncha qisqa bo’ladi. To’lqin uzunligi juda qisqa Rentgen nurlari qattiq Rentgen nurlari deyiladi. Odatda, rentgen trubkalariga 50 kv gacha kuchlanish beriladi. Bunday potentsiallar farqidan o’tgan electron 0,4 s ga yaqin tezlikka erishadi. Betatronda elektronlarga juda katta tezlik berilishi mumkin. Betatronda tezlatilgan elektronlar dastasini biror qattiq nishonga yuborib, juda qisqa to’lqin uzunlikli Rentgen nurlari hosil qilinadi. To’lqin uzunligi qanchalik qisqa bo’lsa, nurlar moddada shunchalik kam yutiladi. Shuning uchun betatronda yuzaga kelgan Rentgen nurlari, ayniqsa, katta o’tuvchanlik qobiliyatiga ega bo’ladi. Elektronlar tezligi yetarlicha darajada katta bo’lganida elektronlarning tormozlanishi natijasida yuzaga kelgan nurlanishdan tashqari, xarakteristik nurlanish, ya’ni anod atomlarining ichki elektron krbiklarining uyg’onishi natijasida vujudga keladigan nurlanish ham kuzatila boshlaydi. Rentgen nurlarining optik xususiyatlarida yorug’likning barcha xususiyatlariga o’xshash sinish va qaytish, qutblanish va difraktsiya kabi hodisalar kuzatiladi. U yorug’likning yutilishiga o’xshash qonunga bo’ysunadi, ya’ni 1=1^», bunda 10 — yutuvchi qatlamga kelayotgan Rentgen nurlari intensivligi, 1X qatlamdan o’tgan Rentgen nurlari intensivligi, (i. — Rentgen nurlari intensivligining susayish koeffitsienti. Rentgen nurlari intensivligining susayishida, ularning moddadagi kuchli bog’langan elektronlar (ya’ni atom ichki qobig’idagi elektronlar)da, kogerent sochilishi, shuningdek, tashqi kuchsiz bog’langan elektronlarda kogerentsiz sochilishi (Kompton hodisasi) va fotoelektr yutilishi muhimdir. Rentgen nurlarining yutilish spektrlari atom elektron qobig’ining energetik sathining strukturasini aniqlashda qo’llaniladi. Rentgen nurlarining moddada yutilish koeffitsienti yorug’lik yutilishi koeffitsientiga nisbatan kichik. Shu tufayli Rentgen nurlari turli moddalardan osongina o’ta oladi. Rentgen nurlari ko’zga ko’rinmaydi, ularni qayd qilish uchun maxsus usullar (fotografiya, ionlash) ishlab chiqarilgan. Fotografiya usulida Rentgen nurlari faqatgina qayd qilinib qolmasdan, ularning intensivligi ham aniqlanadi. Lekin bu usul bilan Rentgen nurlari intensivligini o’lchashdagi xatolik ionlash usuli bilan o’lchashga nisbatan kattadir. Ionlash usuli Rentgen nurlari ta’sirida moddadan chiqqan elektronlarning gazni ionlashtirishni o’lchashga asoslangan. Bunday ionlashgan gazdan o’tayotgan tok kuchi (gazda ma’lum potentsiallar ayirmasi mavjud bo’lganda) Rentgen nurlari intensivligiga to’g’ri proportsional. Rentgen nurlari fan va texnikaning ko’pgina sohalarida keng qo’llaniladi. Ular yordamida atom molekulalar tuzilishi va kristallarning strukturasi o’rganiladi. Rentgen nurlaridan tibbiyot, biologiya, qishloq xo’jaligi va boshqa sohalarda keng foydalaniladi. Abror No’monxo’jayev.