Rentgenografiya
Rentgenografiya (rentgen va … grafiya) — ob’yekt (masalan, organizmning biror qismi) tasvirini Rentgenogramma yordamida tekshirish; rentgenodiagnostikashshg asosiy usullaridan biri. Rentgenografiya paytida ob’yekt rentgen nurlari manbai bilan rentgenoplyonka yoki plastinkali kasseta orasida turadi. Ayrim hollarda quyuq soya bermaydigan va atrofdagi a’zo va to’qimalardan yaqqol ajralib ko’rinmaydigan a’zolarga rentgen kontrast moddalar yuborib, Rentgenogrammasi olinadi. Olingan surat davolash muassasasida saqlanadigan hujjat bo’lib, bundan keyingi rentgenogrammalar bilan taqqoslashga xizmat qiladi.