Rentgenogramma
Rentgenogramma (rentgen va … gramma) — ob’ektlarning roentgen nurlari yordamida maxsus fotoplyonka yoki plastinkaga tushirilgan tasviri. Rentgenogramma rentgen kamerasida hosil qilinadi. Tibbiyotda singan-chiqqan, shikastlangan, kasallangan joylarni aniqlashda, texnikada detallarning nuqsonli joylarini aniqlash uchun rentgen defektoskopiyasida va boshqa maqsadlarda qo’llaniladi. Rentgen nurlarining kristall namunada difraktsion sochili shidan hosil bo’ladigan difraktsion Rentgenogrammadan roentgen struktura analizida foydalaniladi.
O‘xshash so‘zlar
- Rentgenologiya
- Rentgenometriya
- Rentgenoskopiya
- Renuar (Renoir) Per Ogyust
- Reofil hayvonlar
- Reologiya
- Reostat
- Reparatsiya




