Repertuar

Repertuar (Fransuzcha repertoir, lotincha repertorium — ro’yxat, izohlash) — drama teatri, musiqali teatr, estrada kontserti yoki ayrim artist tomonidan ijro etiladigan asarlar majmui. Repertuar uslubi va janriga ko’ra ham farqlanadi (romantik Repertuar, komediya Repertuari), «zamonaviy Repertuar», «mumtoz Repertuar” tushunchalari bo’ladi.