Repressor

Repressor (lotincha repressor — cheklovchi, to’xtatib turuvchi) — operondagi genlar transkripsiyasini, hujayrada fermentlar ta’sirini to’xtatadigan regulyator oqsil. Natijada tegishli RNKning sintezi, binobarin, operon kodlayotgan fermentlarning hosil bo’lishi to’xtaydi. Repressor regulyator gen nazorati ostida har bir hujayrada 10— 20 ta molekuladan, faol, ya’ni operator bilan bevosita bog’lanish imkoniyatiga ega bo’lgan yoki nofaol holatda sintezlanadi. Faol Repressorning xrsil bo’lishi indusital (hujayraga maxsus past molekulali moddalar — induktorlar tushganida sintezlanadigan) fermentlar uchun xos. Induktor Repressorga bog’langanida Repressorning faolligi kamayishi tufayli tegishli fermentning sintezi boshlanadi (induktsiya). Nofaol Repressorlar (aporepressorlar) hosil bo’lishi esa repressobel fermentlar uchun xos. Aporepressor hujayraga past molekulali moddalar (korrepressorlar) tushib qolganida faollashadi. Bunda operon kodlaydigan ferment sintezi to’xtaydi (repressiya). Odatda, indikator bilan korepressor birgalikda bitta umumiy termin — effektor deb ataladi.