Repriza

Repriza (Fransuzcha repris — takrorlash, qayta ijro etish) — 1) tsirk va estradada — komik adabiy yoki pantomima nomeri (ba’zan hazil; latifa); 2) ot tsirkida muayyan vaqt davomida otning bir xil chopishi; 3) tsirkning boshqa janrlarida Repriza deb bir necha marta ketma-ket qaytariladigan tryuklar ataladi. Tsirk san’atida Repriza termini 19-asrning 1-yarmidan boshlab yuritilgan. O’zbek masxaraboz va qiziqchilari hamda tsirk klounlari (K. Zarifov, A. Yusupov, N. Nurmatov, E. Parpiev, O. Hakimov, G. Zastavnikov, P. Borovikov va boshqalar) repertuaridan Reprizalar keng o’rin egallagan; 4) musiqada — mavzuning (uning rivoj bosqichidan keyin) yoki musiqa asari biron bo’limining (boshqa bo’limlaridan so’ng) takrorlanishi.