Reproduktiv organlar

Reproduktiv organlar (lotincha re tiklanish, takrorlanish ma’nosida, produco — yarataman) — o’simlik va hayvonlarning ko’payish funktsiyasini bajaradigan organlari. O’simliklarda Reproduktiv organlar — vegetativ jinssiz va jinsiy ko’payishni amalga oshiradigan har xil tuzilmalar. Jinsiy jarayon va nasl gallanishi bo’lmaydigan prokariotlarda Reproduktiv organlar tinim davridagi sporalar, gormogoniyalar va boshqalardan iborat. Ko’pchilik zamburug’lar, suvo’tlar va nasl gallanishi (sporofit va gametofit) orqali rivojlanadigan sporali o’simliklarda Reproduktiv organlar jinssiz ko’payishda sporangiylar, jinsiy ko’payishda gematangiylardan iborat. Urug’li o’simliklarda nasl gallanishi yashirin o’tadi va qizlik sporofit (urug’kurtak) ona sporofitda rivojlanadi; Reproduktiv organlardagi mikro va megasporositlar, changdon va tuxumning generative hujayralari hisoblanadi. Ko’pincha Reproduktiv organlar termini keng ma’noda qo’llanadi; ularga gullar, mevalar (yopiq urug’lilar) va strobilalar, ya’ni erkak va urg’ochi qubbalar (ochiq urug’lilar) va boshqa generativ strukturalar kompleksi qo’shiladi. Vegetativ ko’payish organlari ham Reproduktiv organlarga klritiladi. Hayvonlarda Reproduktiv organlar jinsiy organlar deyiladi.