Reproduktsion texnika

Reproduktsion texnika — tasviriy matnrasmli asl nusxalar (rasmlar-plakatlar va boshqalar)dan nusxalar ko’chirish bilan bog’liq bo’lgan texnika vositalari. Fotografiya apparatlari, fotokattalashtirgichlar, kontakt usulida nusxa ko’chirish apparatlari, fotografiya formalari — negativlar, diapozitlarni retushlash uchun mo’ljallangan maxsus stollar, nusxa ko’chirish ramalari Reproduktsion texnika jumlasiga kiradi. Fotosuratlarni ochiltirish, fotografiya formalarining nusxalariga kimyoviy ishlov berish qurilmalari, ofset bosma qoliplarini tayyorlash potok liniyalari, namuna nusxalarini olish dastgohlari, bosma mashinalar va boshqalar ham Reproduktsion texnika hisoblanadi. Reproduktsion texnikaning elektron vositalari ham yaxshi rivojlangan; masalan, ko’p rangli tasvirlarni hosil qilishda qo’llanadigan elektron rang ajratkichlar, elektrgravyura apparatlari (elektrongravyura avtomatlari). Bular bosma qoliplar tayyorlash jarayonini ancha soddalashtirish va tozalashtirishga imkon beradi.