Respublikachilar partiyasi

Respublikachilar partiyasi (AQSh) — AQShdagi ikki asosiy partiyadan (demokratlar partiyasi bilan bir qatorda) biri. 1854 yil shimoliy Sharqiy shtatlarning sanoat-tijorat namoyandalari va Janubning quldorchilik oligarxiyasi siyosiy hokimiyatini tugatish uchun kurashayotgan jamiyatning boshqa ijtimoiy qatlamlari Ittifoqi asosida tashkil etilgan. 1861-85, 1889-93, 1897-1913, 1921-33, 1953-61, 1969-77, 1981-93 yillarda hokimiyat tepasida bo’lgan. Respublikachilar partiyasi 2001 yildan yana oq uyni egallab turibdi.