Resurslar

Resurslar (Fransuzcha ressource — yordamchi vosita) — pul mablag’lari, boylik, zaxira, imkoniyatlar; davlat byudjetida daromad manbalari, tabiiy, iqtisodiy, mehnat, valyuta va boshqa Resurslar bo’lishi mumkin. Keng ma’noda — jamiyat hayotida ishlab chiqarishni ta’minlashning vositalari, manbalarini ifodalaydigan iqtisodiy Resurslar muhim o’rinda turadi. Iqtisodiy Resurslar tabiiy (xom ashyo, suv, o’rmon Resurslar), mehnat («inson kapitali»), aylanma mablag’lar (materiallar), axborot, moliya (pul kapitali) Resurslariga bo’linadi. Tor ma’noda — iqtisodiy Resurslar xo’jalik faoliyatida foydalaniladigan, shu jumladan, yuqorida sanab o’tilgan Resurslarni ham qamraydigan omillar majmuini bildiradi. Resurslar tiklanadigan, yana qayta hosil qilish mumkin bo’lgan (ish kuchi, jihoz-uskunalar) va tiklanmaydigan (mas, xom ashyolar — neft, ko’mir, gaz, rudali konlar) Resurslarga hamda ishlab chiqarish va mahsulot iste’moli chiqindilari bo’lgan ikkilamchi Resurslarga (dastlabki ishlatishdan keyin ishlab chiqarishda asosiy xom ayosh yoki mahsulot tarzida foydalaniladigan materiallar va buyumlar)ga bo’linadi. Bunday Resurslar qo’shimcha moddiy-texnika Resurslar manbai hisoblanadi. Valyuta Resurslari, ya’ni erkin almashtiriladigan chet el valyutasi zaxiralari va uning tushum manbalari ham Resurslarga kiritiladi.