Retikulendotelial sistema
Retikulendotelial sistema (makrofot sistema) — odam va umurtqali hayvonlar organizmidagi himoya hujayralari (biriktiruvchi to’qimalar gistiositlari, kon monotsitlari, kapillyarlar endoteliysi, Jigarning Kupfer hujayralari) majmui. Retikulendotelial sistema bakteriyalar va turli yot yoki toksik zarralarni qamrab oladi va hazm qiladi, ya’ni fagositoz xususiyatiga ega; kon yaratilishi va antitelolarning vujudga kelishida, shuningdek, moddalar almashinuvida qatnashadi.