Rexta

Rexta (forscha — sochilgan, quyilgan) — O’rta asr Sharq madaniyatida yuzaga kelgan adabiymusiqiy janr. Dastlab ikki (masalan, forsurdu yoki arabturk) tilda bitilgan she’r, keyinchalik o’ziga xos vokal musiqa shakli sifatida rivoj topgan. Rexta asosan yengil (Ufar kabi) usullarga bog’lanib, sarxona, miyonxona va bozgo’y kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan, forscha matnga qo’shiladigan Arab, hind yoki turkcha she’rlar bilan aytilgan. Kavkabiy, Darvishali Changiy, Noiniy, davri Sufrocha Karamiy va boshqa musiqiy risolalarida ta’kidlaganidek, Rexta 16-asrga kelib Movarounnahr, Xuroson va Hindistonda keng tarqalgan.