Retsept
Retsept (lotincha recipio — qabul qilayapman, olayapman) — vrachning dorixonaga ma’lum shakldagi yozma murojaati, unda dorini tayyorlash va berish, shuningdek, undan qanday foydalanish haqidagi ko’rsatmalar bo’ladi. Retsept siyoh bilan yozilishi shart. Unda bemorning ism-sharifi, yoshi ko’rsatilib, tashkilot va vrachning muhri bo’lishi lozim. Retsept yuridik hujjat bo’lib, dorilarning to’g’ri tayyorlanganligi, muddati va boshqalarni tekshirish imkonini beradi.
O‘xshash so‘zlar
- Retseptorlar
- Retsessivlik
- Retseptorlar
- Retsept nima degani
- Retsessiya nima degani
- Retseptor(-lar) nima degani
- Retseptor sveta nima degani
- Retsediv, qaytalanish nima degani




