Reynuoter (Rainwater) Jeyms

Reynuoter (Rainwater) Jeyms (1917.9.12, Kaunsil, Aydaxo shtati) — amerikalik fizik, AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi a’zosi. Kaliforniya texnologiya institutini tugatgan (1939). 1939 yildan Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universitetida ishlagan (1952 yildan professor). Ilmiy ishlari yadro fizikasi va elementar zarralar fizikasiga oid. Yadroning umumiy modelini taklif etgan. Nobel mukofoti laureati (O. Bor va B. Mottelson bilan hamkorlikda; 1975).