Reysmas, reysmus
Reysmas, reysmus (nemischa Reipen — chizmoq va tsar — o’lchov) — yog’och yoki metall detallar tayyorlash uchun zagotovkalarni rejalashda qo’llaniladigan chizmachilik asbobi. Metallarga ishlov berishda Reysmas masshtabli chizg’ichdan zagotovkaga o’lchamlarni ko’chirish, reja chiziqlari chizish, chiziqli o’lchamlarni o’lchash uchun ishlatiladi. Bunday Reysmas chizg’ich mahkamlanadigan qisqichli ustuncha (stoyka) dan iborat. Reysmas yordamida rejalashni tezlashtirish va aniqligini oshirish uchun shtangenreysmasdan foydalaniladi. Duradgorlikda ishlatiladigan Reysmas 2 ta bir-biriga parallel qismlari bo’lgan qolipdan iborat. Bu qismlar ning bir uchida reja chiziqlari chizish uchun chizg’ichlar bo’ladi.