Reyxshteyn (Reichstein) Tadeush
Reyxshteyn (Reichstein) Tadeush (1897.20.7, Vloslavsk, Polsha — 1996) — shveytsariyalik organic kimyogar. London Qirollik jamiyati a’zosi. Shveytsariyadagi Federal politexnika maktabini tugatgan (1920). Bazel universiteti qoshidagi Farmasevtika instituti direktori va farmatsevtik kimyo professor (1938 yildan). 1933 yilda vitamin S (askorbin kislotasi)ni sintez qilgan. Ilmiy izlanishlari gormonlar biokimyosi, geterosiklik moddalar, qand, vitaminlar (askorbin va pantotenat kislotalar), steroidlar, buyrak usti bezi gormonlarining kimyoviy tuzilishi va biologik xossalarini o’rganishga oid. Nobel mukofoti laureati (1950, F. Sh. Xench va E. K. Kendall bilan hamkorlikda).