Rezekne

Rezekne (1893 yilgacha Rozitten, 1920 yilgacha Rejisa) — Latviyadagi shahar (1773 yildan). Rezekne daryosi bo’yida. Riga—Moskva va Sankt-Peterburg— Varshava yo’nalishlaridagi temir yo’l liniyalar tuguni. Aholisi 39,5 ming kishi (2000). Sutkonserva, sabzavotmeva va go’sht kombinatlari, sigir sog’ish moslamalari, qurilish asboblari, temir-beton konstruktsiyalar, aralash yem va zig’ir tola zdlari ishlab turibdi. Amaliy san’at va musiqa bilim yurtlari, o’lkashunoslik muzeyi bor. Rezekne 1285 yildan ma’lum.