Rezerford formulasi
Rezerford formulasi — kulon qonuni bo’yicha o’zaro ta’sirlashuvchi zaryadlangan nuqtaviy norelyativistik zarralar sochilishining effektiv kesimini aniqlash formulasi. E. Rezerford 1911 yilda ifodalab bergan. Bu formulani Rezerford azarralarning yupqa metall plastinkalardan katta burchaklarga (9>90°) sochilishi bo’yicha o’tkazgan tajribalari natijasini interpretatsiya kilish (izoxlash) da ishlatgan. Bu tajribalar asosida E. Rezerford atom massasining asosiy qismi musbat zaryadlangan kichik yadroda yig’ilgan, degan xulosaga kelgan. Bu kashfiyot atom tuzilishi to’g’risidagi hozirgi zamon tushunchasiga asos bo’lgan.