Rezident

Rezident (lotincha residens — o’tiruvchi, joyida qoluvchi) — 1) o’rta asrlarda muayyan mamlakatda doimiy yashovchi chet ellik diplomatik vakili; 2) mustamlakachi davlatning protektoratdagi vakili; odatda, u ana shu protektoratning hokimi hisoblangan; 3) chet el razvedkasining boshka biror davlatdagi yashirin vakili; 4) muayyan mamlakatda milliy qonunchilikka to’la rioya qiluvchi ro’yxatdan o’tgan yuridik yoxud jismoniy shaxs.