Rezonator

Rezonator (lotincha resonare — aks-sado bermoq) — rezonans hodisasi sodir bo’ladigan tebranma tizim. Rezonatorga tashqi o’zgaruvchan kuch ta’sir etganda unda majburiy tebranishlar hosil bo’ladi. Rezonatorning akustik, elektromagnit va boshqa xillari mavjud. Oddiy akustik Rezonator — tor, kamerton, membrana va boshqalar. Oddiy elektromagnit Rezonator tebranish konturidir. O’ta yuksak chastota (109— 10″ Gts) diapazonida berk (hajmiy) Rezonatorlar, millimetrli, submillimetrli va optik radioto’lqinlar diapazonida ochiq Rezonatorlar ishlatiladi. Ko’zgular tizimidan iborat Rezonator optik, kristall plastinkalardan iborat Rezonator kvars Rezonator deb ataladi. Rezonator musiqa asboblarida, ko’p texnik qurilmalarda qo’llaniladi.