Richag
Richag — katta kuchni kichik kuch bilan muvozanatlaydigan oddiy mexanizm. Tayanch nuqtasiga ega bo’lgan qattiq jismdan iborat. U tayanch nuqtadan o’tuvchi tekislikdagi kuchlar ta’sirida bo’ladi. Agar kuchlar tayanch nuqtaning ikki tomonida joylashgan bo’lsa, bunday Richag 1 tur, agar kuchlar tayanch nuqtaning bir tomonida joylashgan bo’lsa, 2-tur Richag deb ataladi. Richag muvozanatda bo’lishi uchun tayanch nuqtaga nisbatan olingan kuchlar momentlari yig’indisi nolga teng bulishi kerak. Richag dvigatellar, presslar, bolg’alash mashinalari va mexanizmlarda ishlatiladi.
O‘xshash so‘zlar
- Richards (Richards) Dikinson
- Richards (Richards) Teodor Uilyam
- Richardson (Richardson) Ruen Uillans
- Rid Tomas Mayn
- Ridberg doimiysi
- Rieka
- Rif Respublikasi





