Riman Georg Fridrix Bernxard
Riman Georg Fridrix Bernxard (1826.17.9, Quyi Saksoniya — 1866.20.7, Italiya) — nemis matematigi, fizikada nisbiylik nazariyasi vujudga kelishiga zamin yaratib bergan olim; matematikada kompleks o’zgaruvchilar funktsiyalari nazariyasini rivojlantirdi va unda geometrik usullarni takomillashtirdi. Riman sirtlari nomli tushunchani fanga kiritdi. Sonlar nazariyasida fundamental na- tijalarga erishdi. Rimanning to’plamlar nazariyasi va haqiqiy o’zgaruvchilar funktsiyalari nazariyasi yaratilishida xizmati katta. Riman topologiyaning asosiy g’oyalarini ilgari surdi. Riman integrali tushunchasi to’plamlar va haqiqiy o’zgaruvchilar funktsiyalari nazariyalarida katta rol o’ynaydi. Riman asarlari 19 va 20-asrlar Matematikasining ko’pgina sohalari rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi.