Rinofima
Rinofima (Yunoncha rhinos — burun va phyma — o’simta, shish) — burun terisida o’simta paydo bo’lishi. Ko’proq burun uchi va qanotlarida yuzaga keladi. Asosan, 40-50 yoshdagi erkaklarda uchraydi. Rinofimaga alkogolizm, surunkali me’da-ichak kasalliklari va tashqi muhitning zararli omillari — chang, tez-tez sovqotish va boshqalar sabab bo’ladi. Kasallikda burun uchida to’q qizil yoki ko’kimtirqizg’ish, g’adirbudur dumaloq o’sma hosil bo’ladi. Bemorni operatsiya qilib davolanadi.
O‘xshash so‘zlar
- Rio-de-Janeyro
- Rio-de-Janeyro
- Rio-Grande, Rio-Bravodel Norte
- Rio-Kolorado
- Rio-Negro
- Rioni
- Riqo
- Risa, katta Risa






