Rio-Kolorado

Rio-Kolorado (ispancha — qizil daryo) — Argentinadagi daryo. Uzunligi 1200 kilometrdan ziyod, havzasining maydoni 350 ming km2. And tog’larining Sharqiy yon bag’ridan boshlanuvchi RioGrande va Barrankas daryolarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. Patagoniyaning shimol qismidagi chuqur qurg’oqchil vodiyni kesib o’tib, Atlantika okeanining Elrinkon qo’ltig’iga Delta hosil qilib quyiladi. O’rtacha suv sarfi 140 m3/sek., bahor oylarida toshadi. Quyilish yeridan boshlab 320 kilometr masofada kema qatnaydi.