RISKLI HOLATLAR
RISKLI HOLATLAR – risk darajasiga tasir qiluvchi omillar. Sug’urtalanuvchiga ma’lum bo’Igan barcha riskli holatlar sug’urta kompaniyasiga xabar qilinadi. Bu riskni baholashda muhim ahamiyatga ega. Riskli holatlarni tahlil etish syurveyer yoki adjasterning funksiyasiga kiradi. Bu sug’urta kompaniyasining sug’urta shartnomasini tuzish yoki tuzmaslik masalasi bo’yicha qaror qabul qilishida hamda sug’urta qoplamalari va summalarini to’lashda muhim o’rin tutadi. Riskli holatlar: shaxsiy va ashyoviy; to’g’ri va egri; tasdiqlanadigan va inkor qilinadigan: obyektiv va subyektiv turlarga bo’linadi.