Ritsarlar

Ritsarlar (nemischa Ritter, dastlab — chavandoz) — o’rta asrlarda G’arbiy va Markaziy Yevropa mamlakatlarida imtiyozli ijtimoiy qatlam: keng ma’noda — barcha oqsuyak mulkdorlar (feodallar), tor ma’noda — faqat mayda oqsuyak mulkdorlar. Vassallik munosabatlari orqali o’z sen’orlariga karam bo’lgan. Ritsarlar ulardan yer mulki (feod) olib, evaziga qo’shinda suvoriy xizmatini o’taganlar. Ritsarlarning jangovaroti, qimmatbaho og’ir qurollari (qilich, qalqon, sovut) bo’lishi lozim edi, u maxsus risarlik ta’limini olgan, turnirlarda qatnashgan. Ritsarlar uchun quyidagi axloqiy normalar: jasurlik, omonatga sadoqat, ayollarga nisbatan olijanoblik shart bulgan. Shundan (majoziy ma’noda) Ritsarlar — fidokor, olijanob insonlar. 12-14-asrlarda Ritsarlar harbiy kuch sifatida katta ahamiyatga ega bo’lgan. 15-16-asrlarda muntazam armiyalar tuzilishi va uqotar qurollarning tarqalishi bilan ularga ehtiyoj qolmagan. Ritsarlar dvoryanlar tabaqasining asosini tashkil etgan.