Riu-grandi-dunorti

Riu-grandi-dunorti — Braziliyaning shimoliy Sharqiy qismidagi shtat. Maydoni 53,3 ming km2. Aholisi 2,7 million kishi (2000). Ma’muriy markazi — Natal shahri. Yirik shaharlari: Mosoro, Makau va boshqalar. Shtatning Janubiy va Markaziy qismi o’rqirli platodan iborat bo’lib, shimol va sharqda Atlantika bo’yi tekisligiga o’tib boradi. Iklimi subekvatorial, issiq, G’arb va Janubda quruq iqlim. O’rtacha oylik temperaturalar 24— 28°, yillik yog’in G’arb va Janubda 600— 700 mm dan shimol va Sharqiy qismida 900-1000 mm gacha. Savannalar, palma o’rmonlari, butazorlar bor. Iqtisodiyotining asosini qishloq xo’jaligi va o’rmon xo’jaligi tashkil etadi. Shakarqamish, paxta, sizal ekiladi. Shuningdek, maniok, makkajo’xori, sholi, dukkakli ekinlar yetishtiriladi. Chorvachilik sust rivojlangan. Baliq ovlanadi. Oziq-ovqat, to’qimachilik, ko’npoyabzal sanoati korxonalari bor.