Riftin Vladimir Aleksandrovich

Riftin Vladimir Aleksandrovich 11903.1(13).1, Sarapul shahri, Udmurdiya — 1987.2.1, Toshkent] — teatr rassomi. O’zbekiston xalq rassomi (1950). Xarkov rassomlik institutini tugatgan (1928). 1941 yildan O’zbekistonda yashab ijod qilgan. Riftin Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutida teatr dekoratsiyasi rassomligi kafedrasi tashkilotchilaridan (1954-80 yillar kafedra mudiri, 1980 yildan professor). Riftin har bir spektakl janr va xususiyatiga mos sahna bezaklari yaratishga intildi. «Qarg’a motkasi» (1947, P. Chaykovskiy), «Ulug’bek» (1959, A. Kozlovskiy) operalari; «balerina» (1952, G. Mushel), «Semurg'» (1957, B. Brovsin) baletlari; «Hurriyat» (1958, uyg’un), «Farg’ona hikoyasi» (1959, T. Jalilov, B. Zeydman), «Toshbolta oshiq» (1960, M. Leviev), «Mirzo Ulug’bek» (1970, M. Shayxzoda) kabi drama va tragediyalar shular jumlasidan.