RIVOJLANAYOTGAN MAMLAKATLAR

RIVOJLANAYOTGAN MAMLAKATLAR — 1) ikkinchi jahon urishiga qadar yirik davlatlar tomonidan istilo qilingan yoki shunday davlatlar ta‘siriga tushgan, keyinchalik mustaqil bo’lgan Osiyo, Afrika, Lotin Amerika mamlakatlari tushunilgan. 2) iqtisodiyoti va turmush tarzi rivojlangan mamlakatlar darajasidan nisbatan pastroq bo’lgan, yalpi milliy mahsuloti, milliy daromadi va yillik budjeti aholi jon boshiga hisoblaganda Xalqaro valyuta fondi va BMTning belgilagan ko’rsatkichlariga yeta olmaydigan davlatlar tushuniladi. Ular siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan xilma xildirlar: ular orasida mutloq va konstitutsion monarxiyalar, parlament va prezidentlik rejimlari, harbiy diktaturalar bor. Ularning ayrimlari iqtisodiy jihatdan rivojlangan va aholisining turmush darajasi ancha yuqori, lekin ko’pchiligi dunyoning eng qoloq va kambag’al davlatlari sirasiga kiradi. Rivojlanayotgan mamlakatlarni alohida guruhga birlashtirish uchun asos bo’ladigan bir qator muhim belgilar bor: barchasining o’tmishda mustamlaka bo’lgani va buning oqibatida vujudga kelgan iqtisodiy va ijtimoiy qoloqlik, jahon iqtisodiy va moliyaviy tizimidagi qaram va notekis mavqei (siyosatshunoslikda: jahon iqtisodiy va moliyaviy tizimining chekkasi, pereferiyasi); ijtimoiy tizimlarning o’tish tabiati; o’z muammolarini mustaqil, tashqi bosimsiz hal qilishga intilish. O‘zbekiston ham o‘z iqtisodiyotining ruvojlantirib, tezlik bilan barqaror iqtisodiy natijalarga erishib bormoqda. O‘zbekiston yalpi ichki maxsuloti ko‘p yillrdan buyon 7-8 foizni tashkil etib kelmoqda.