Rixter shkalasi

Rixter shkalasi – magnitudalar (tebranishlar yoki silkinishlar qiymati) bo’yicha zilzilalarni tasniflovchi jadval. Zilzila (yoki portlash) vaqtida yuzaga keluvchi seysmik to’lqinlar energiyasini baholashga asoslanadi. Rixter shkalasiga 9 balli sistema asos qilib olingan. Rixter shkalasi bo’yicha zilzila magnitudasi va 12 balli shkala bo’yicha epitsentr (zilzila o’chog’i) dagi uning kuchi o’rtasidagi nisbat o’choqning chuqurligiga bog’liq. Shkala 1935 yil amerikalik Seysmolog Ch. Rixter tomonidan taklif etilgan, 1941-45 yillarda B. Gutenberg bilan birgalikda nazariy jihatdan asoslab berilgan.