Rizoidlar

Rizoidlar (Yunoncha rhiza — ildiz, eidos — ko’rinish), sodda ildizlar — yo’sinlar, lishayniklar va ba’zan suvo’tlar hamda zamburug’larda ildiz vazifasini bajaruvchi qilsimon ipchalar. Suv hamda oziq moddalarni shimish va substrat (tuproq, toshlar)ga yopishib o’sish uchun xizmat qiladi.