Riyol
Riyol — 1) Saudiya Arabistoni pul birligi. 1928 yil yanvardan muomalaga kiritilgan. 1R=100 xalal. Xalqaro ifodasi SAR. Valyutalar kursi bo’yicha 1 AQSh dollari = 3,75 Riyol (2003, may). 2) Eron pul birligi. 1930 yildan muomalaga kiritilgan. 1 Riyol = 100 dinor. Xalqaro ifodasi IRR.
O‘xshash so‘zlar
- Riyoziy Imomuddin
- Rizamat
- Rizayev Tojiboy
- Rizo Abbosiy, Rizoyi Abbosiy
- Rizoqulixon Hidoyat
- Rizosfera
- Rizoshoh Pahlaviy
- Rizouddin ibn Faxruddin


