Rizo Abbosiy, Rizoyi Abbosiy
Rizo Abbosiy, Rizoyi Abbosiy (1575, Kashan — 1635) — musavvir; Isfahon miniatyura maktabining yirik namoyandasi. Rizo Abbosiy maishiy sahnalar va alohida varaqlarda portretlar yaratgan. Rizo Abbosiyning ijodiy taraqqiyoti (Muhammadiy an’analariga asoslangan) ko’tarinki ruhdagi hayotbaxsh kompozitsiyalardan varaqlarda ichki qudratga to’liq tasvirlar yaratishga o’tishi bilan kuzatiladi («mo’yna telpak kiygan qiz», «Sevishganlar», «o’smir va qo’y» va boshqalar). Asarlari Tehrondagi Guliston saroyida, Rossiya milliy kutubxonasida, Kembrijdagi Fisuilm muzeyi va xususiy to’plamlarda saqlanadi.