Rizoshoh Pahlaviy
Rizoshoh Pahlaviy (1878.16.3, Mozandaron — 1944.26.7, Yoxannesburg) — Eron shohi (1925-41). Paxlaviylar sulolasi asoschisi. Dastlab Eron kazak brigadasida harbiy mansabdor. 1921 yil 21 Fevralda mazkur brigada Rizoshoh Pahlaviy boshchiligida davlat to’ntarishi o’tkazgan. 1921— 23 yillarda harbiy vazir. 1923 yil oktabr — 1925 yil dekabrda bosh vazir. Qojarlar sulolasi tugatilgach, 1925 yil 12 dekabrda ta’sis Majlisi Rizoshoh Pahlaviyni Eron shohi deb e’lon qilgan. Rizoshoh Pahlaviy davrida demokratik tashkilotlar va matbuot qattiq ta’qib ostiga olingan. 30-yillarning o’rtalaridan fashistlar Germaniyasi bilan yaqinlashish siyosatini olib borgan. Sovet va ingliz qo’shinlari Eron hududiga kirishi bilan (1941 yil avgust) taxtdan voz kechib, mamlakatni tark etgan. Jarda vafot etgan.