Rizouddin ibn Faxruddin
Rizouddin ibn Faxruddin, Faxretdinov Rizo (1859.4.1, Samara gubernyasi, Bugulma uezdi — 1936.11.4, Ufa) — ma’rifatparvar, adib, sharqshunos, diniy arbob. Asosan, turkiy tilda yozgan. Ilk yirik asari — «Kitob at-tasrif» («morfologiya haqida kitob»), Qozonda nashr qilingan (1887). 1891 yildan Ufaga ko’chib kelib Orenburg musulmonlari diniy kengashida qozi bo’lib ishlagan (1906-22), Rossiyaning ichki qismi va Sibir musulmonlari Markaziy diniy boshqarmasi muftiysi (1922-32). Rossiya va boshqa mamlakatlardagi musulmonlar o’rtasidagi o’zaro aloqalarni kuchaytirish uchun intilgan, G’arbning mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurashgan. 1906-17 yillarda 50 ga yaqin kitobi nashr qilingan. Orenburgda nashr etilgan «vaqt» gazeta (1906-08) muharrir o’rinbosari va «Sho’ro» jurnal (1908-18) muharriri. Uning asarlari 20-asr boshlaridayoq Turkistonda keng tarqalgan. As: tarbiyali xotun (T., 1991), tarbiyali ona, tarbiyali ota, tarbiyali bola, Qozon, 1898; axlu ayol, T., 1994. Ad.: Tvorchestvo Rizi Faxretdinova: issledovanie, materiali, Ufa, 1988.