Robiya Sulton begim

Robiya Sulton begim (15-asr) Ulug’bekning qizi. Abulxayrxonning xotini. Abulxayrxon 1450 yil Sulton Abu Sayd bilan ittifoqlashib Samarqandni egallagan va Robiya Sulton begimga uylangan. Ularning nikohidan Suyunchxo’jaxon, Ko’chkunchixon va oq burun sultonlar tug’ilgan. Suyunchxo’jaxon va Ko’chkunchixonlar shayboniylar orasida katta nufuzga ega bo’lib Turkiston, Toshkent va Movarounnahrni idora etganlar. Robiya Sulton begim Ahmad Yassaviy maqbarasi yonida dafn etilgan.